Faizullaevaning ilk murabbiyi jahon chempionatida Oʻzbekistonning guruhdan chiqish imkoniyatini baholadi
Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi sharafini himoya qilayotgan Abbosbek Fayzullaevning ilk murabbiyi Dmitriy An Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokidan nimalar kutayotgani haqida fikr bildirdi.
"Oʻzbekiston terma jamoasidan guruh bosqichidan chiqishini kutayapman. Imkoniyat bor. Albatta, ayrim futbolchilarda hayajon boʻlishi tabiiy, lekin tajribali yigitlar oʻzlarini qoʻlga olishadi va oʻz oʻyinlarini koʻrsatishadi, deb oʻylayman. Menimcha, guruhdagi barcha raqiblardan oʻtish mumkin, eng muhimi — ruhiy tayyorgarlik, omad va raqibdan qoʻrqmaslik. Guruh tarkibi yaxshiroq ham boʻlishi mumkin edi, yomonroq ham. Biz baribir terma jamoamizni qoʻllab-quvvatlaymiz, axir bu jahon chempionatidagi ilk ishtirok. U yerda oʻzbek muxlislarining soni ham ancha koʻp boʻladi", — deya taʼkidladi An rus manbalari bilan suhbatda.
Eslatib oʻtamiz, JCh‑2026 guruh bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
2026 yildgi futbol boʻyicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika hududida oʻtkaziladi.

Fikrlar