
FAKT! "Paxtakor" "Nasaf"ning Superligadagi g‘alabali seriyasiga yakun yasadi (foto)
O‘zbekiston Superligasi 24-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Mehmonlar safida yagona golga Sherzod Nasrullaev mualliflik qildi. Uning goliga javoban ikkinchi bo‘limda Hojimat Erkinov muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, "Nasaf"ning Superligadagi 4 o‘yinlik g‘alabali seriyasi yakuniga etdi. Qarshiliklar "Paxtakor"ga qadar "Olimpik" (1:3), "Neftchi" (2:0), "Metallurg" (2:0) va "Navbahor" (0:1)ni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Oxirgi bor Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 19-tur doirasida "Bunyodkor"ga yutqazib qo‘ygandi.
Ma’lumot o‘rnida, "Nasaf" 25-turni o‘z maydonida o‘tkazadi. Unda "ajdarlar"ga Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi raqiblik qiladi.
Fikrlar