FAKT! "Qo‘qon-1912" Muborakda "Mash’al"ni faqatgina bir marta mag‘lub etgan xolos

  • 12.12.2020 09:03
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi chorak final doirasidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi Muborak shahrida bo‘lib o‘tadi. Qo‘qonliklar matbuot xizmati mazkur bahs oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarini taqdim etdi.

O‘zaro o‘yinlar
Jamoalar shu paytga qadar chempionat doirasida 14 marta to‘qnash kelgan. “Mash’al” o‘yinlarning 7 tasida zafar quchgan, 4 ta bahsda qo‘qonliklarning qo‘li baland kelgan. 3 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To‘plar farqi: 23-15, “Mash’al” foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda muborakliklar 24 ochkoni qo‘lga kiritgan. “Qo‘qon-1912” ochkosi 15 tani tashkil etadi.

Muborakda o‘tgan barcha uchrashuvlar:
22.10.2020 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 1:2
14.04.2017 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 1:1
26.06.2016 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0
25.04.2015 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 3:0
20.09.2003 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 3:2
02.11.2002 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0
15.04.1995 «Mash’al» – «Qo‘qon-1912» 2:0

Qiziq statistika
O‘zbekiston kubogi bahslari tarixiga nazar solsangiz, qiziq bir statistika guvohiga aylanasiz. Kubok bellashuvlarida finalga qadar borgan jamoalar soni unchalik ko‘p emas. Ular orasida “Qo‘qon-1912” va “Mash’al” jamoalarining ham borligini e’tirof etish joiz. Vodiy vakili 1992 yilda birinchi kubok musobaqasida finalga qadar etib borgan va hal qiluvchi o‘yinda “Navbahor”ga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan. Muborakliklar esa 2006 yilda finalda “Paxtakor”ga yutqazib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!