FAKT! "So‘g‘diyona" Buxorodagi oxirgi 5 o‘yinda bitta gol urib, barchasida mag‘lub bo‘lgan

  • 16 avgust, 2019, 15:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 17-tur doirasida "So‘g‘diyona" jamoasi «Buxoro» mehmoni bo‘ladi. E’tiboringizga jamoalarning Buxorodagi bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar tarixini havola etamiz.

Tecno

Ushbu mavsumda

Birinchi davra 10-tur doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda jizzaxliklar ajoyib o‘yin ko‘rsatgan edi. Ushbu uchrashuvda Shoxruz Norxonoz dubl qayt etib, "So‘g‘diyona"ga g‘alaba keltirgan edi.

O‘ZARO USTUNLIK

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt. «Buxoro» va «So‘g‘diyona» jamoalari oliy ligada (Superligada) shu kunga qadar 47 bor kuch sinashishgan. Buxorodagi 23 ta o‘yindan 14 ta bahsda «Buxoro», 5 ta bahsda «So‘g‘diyona» g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yin durrang natija bilan tugagan. «So‘g‘diyona» maydoniga esa «Buxoro» 24 marta tashrif buyurib, 12 ta bahsda mezbonlar, 8 bahsda «Buxoro», 4 o‘yinda durrang qayd etilgan. 

«So‘g‘diyona» hisobida 14 ta, «Buxoro» hisobida 23 ta g‘alaba mavjud. 7 ta o‘yinda durrang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik buxoroliklar tomonida: 61-65. «So‘g‘diyona» o‘zaro o‘yinlarda 57 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, «Buxoro » 75 ochkoni qo‘lga qiritgan.

«Buxoro» maydonida o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv

27.08.2014 «Buxoro» - «So‘g‘diyona» 2-1
01.07.2015 «Buxoro» - «So‘g‘diyona» 1-0
05.11.2016 «Buxoro» - «So‘g‘diyona» 3-0
25.11.2017 «Buxoro» - «So‘g‘diyona» 1-0
16.04.2018 «Buxoro» - «So‘g‘diyona» 3-0

O‘YIN VAQTI VA JOYI:

Yoshlar ligasi bahsi 16 avgust kuni soat 17:30 da «Buxoro» qarorgohi stadionida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 17 avgust kuni soat 19:15 «Buxoro» stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!