Falkao bugun "Kan"ga qarshi maydonga tushmaydi

  • 19 mart, 2017, 09:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning “Monako” klubi hujumchisi Radamel Falkao jarohati sabab bugun bo‘lib o‘tadigan “Kan” jamoasiga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki monakoliklar bosh murabbiyi Leonardu Jardim ham kolumbiyalik futbolchini bugungi uchrashuv qaydnomasiga kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun “Monako”ga Falkaodan tashqari jarohat olgan Andrea Raji va diskvalifikatsiya qilingan Jibril Sidibelar yordam bera olishmaydi. “Monako” va “Kan” bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!