Farg‘onada uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish borasida tadbir bo‘lib o‘tdi

CHERY AUTO

Sharq yakkakurash va jang san’ati markazi bilan hamkorlikda viloyatlar ichki ishlar boshqarmasi hamda hukumat organlari tomonidan uyushmagan yoshlar o‘rtasidagi jinoyatlarni yo‘q qilish va ularni sport bilan band qilish borasidagi o‘ziga hos ishlarni amalga oshirish, bu borada tadbirlar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Dastlab, bu amaliy dastur Farg‘ona viloyatida o‘tkazildi. Unda markaz nomidan K-1 federatsiyasi rahbari Jasur Ne’matov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Qolaversa, Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi, viloyat hokimiyati, Adliya vazirligi,  jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi vakillari ham ushbu tadbirda ishtirok etdilar.

Tecno

Bez nazvaniya (1)_2

Mazkur yig‘ilishning asosiy mavzusi uyushmagan yoshlar bilan samarali faoliyat olib borish, ya’ni mehribonlik uylariga sharq yakkakurashlari bo‘yicha murabbiylar etkazib berish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini asosan sport bilan band qilish borasida bir qator rejalar tuzildi. Jasur Ne’matovning ta’kidlashicha, Sharq yakkakurash turlaridan murabbiylik qilish uchun litsenziya olish deyarli 500 dan tortib, 3000 AQSh dollariga qadar tushishi, agar murabbiylar mehribonlik uyida 6 oy mashg‘ulotlar o‘tab bersa, K-1 yo‘nalishida bepul ruxsatnoma taqdim etilishi borasidagi fikrni ilgari surgan. Bu borada yaqinda Toshkentda bo‘lib o‘tgan K-1 bo‘yicha ochiq Osiyo chempionatida AFSO in Asia prezidenti Bexnam A’zampanox bilan kelishilganligini ham aytib o‘tdi.

Bu fikr va rejalar barchaga birdek maqul kelgan. Mazkur tadbirlar navbati bilan Andijon, Namangan, Buxoro va barcha viloyatlarda o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

ilxom aka

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!