
Husanov bo‘yicha “Chelsi”ning pozitsiyasi ma’lum bo‘ldi...
Evropa futbolida Abduqodir Husanov haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Hamyurtimiz klub va milliy terma jamoa miqyosida yuqori saviyada o‘ynashda davom etyapti. Bu esa, kuchli klublarning e’tiboridan chetda qolayotgan yo‘q.
Angliya futbolini keng yoritishga alohida urg‘u beradigan teamtalk.com portali Angliya Premer-ligasi klublarining “Lans” etakchisi aylanib borayotgan legionerimizga jiddiy qiziqish bildirayotgani tasdiqlab, “Chelsi”ning transfer siyosatini tahlil qilib berdi.
- “Chelsi” va “Tottenxem” Frantsiya chempionatida “Lans” sharafini himoya Abduqodir Husanovga da’vogarlik qilayotgan Angliya klublari orasida eng nomdorlari hisoblanadi.
Husanov 20 yosh bo‘lishiga qaramay, professional darajada yuqori muvaffaqiyatlarga erishmoqda. “Lans”dagi ikkinchi mavsumini boshlang‘ich tarkibning muqim o‘yinchisi sifatida boshladi va hammada juda yaxshi taassurot qoldiryapti.
Yangi mavsumdan beri uning o‘yinilarini Evropaning bir qator jiddiy klublari muntazam kuzatib kelyapti.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Premer-liga vakillaridan “Chelsi”, “Tottenxem”, “Nyukasl”, “Kristal Pelas”, “Brentford”, “Brayton” va “Vest Xem” Husanovni kuzatib bormoqda. Ayrim manbalarning ma’lum qilishicha, 20 yoshli o‘yinchi Germaniyaning “Bayer”, “Leyptsig”, Italiyaning Napoli”, “Atalanta” va Frantsiyaning “Marsel” kabi klublari nishonida turibdi.
Husanov ayni paytda Frantsiya chempionatining eng zo‘r markaziy himoyachilaridan hisoblanadi va jismonan baquvvatligi va shiddatli o‘yin uslubi tufayli jamoadoshlaridan “monstr” degan ta’rifni olgan.
Lansliklar uning transferini 25 million funtga baholamoqda, - deb yozdi teamtalk.com portali eksperti Kiaran Makkarti.
TEAMtalk ekspertining ta’kidlashicha, “Chelsi” bundan keyin ham transfer bozoridagi faolligini pasaytirmaydi. Ayni paytda “aristokratlar” bir necha chiqish transferlarini tayyorlamoqda. Rejaga ko‘ra, himoya chizig‘ida ham o‘zgarishlar bo‘ladi.
“Chelsi” himoyachisi Ben Chiluell klubni tark etishi kutilmoqda. 27 yoshli futbolchiga “Borussiya Dortmund”dan ish chiqyapti. Kani Chukvuemeka “Barselona”ga o‘tishga yaqin va uning transferini londonliklar 30 million funtga baholayapti.
“Aristokratlar” taklif etiladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga “Lans”dan himoyachi Abduqodir Husanov, “Ipsvich Taun”dan hujumchi Liam Delap, “Nyukasl” to‘purari Aleksandr Isaakni kiritgan.
Ekspertlar Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining biror klubiga ko‘chib o‘tsa, bu tarixiy transfer bo‘lishini m’lum qildi. Chunki bu turnirda shu paytga qadar biror o‘zbek futbolchisi to‘p tepmagan.
Abduqodir Husanovda Angliya Premer-ligasiga qadam qo‘ygan birinchi o‘zbekistonlik charm to‘p ustasi sifatida tarixda nom qoldirish imkoni bor. Qolaversa, xorijlik mutaxassislar iste’dodli himoyachi tez orada mashhurlik bobida chet el ligalarida to‘p tepayotgan o‘zbek legionerlarining barchasini, xususan, “Roma”da to‘p tepayotgan Eldor Shomurodovdan ham o‘zib ketishini ta’kidlamoqda.
Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgan Fayzullaev Evropaning jiddiy klubiga o‘tadi!
“Nyukasl” Husanovni olishga tayyor, faqat...
Bir necha metrdan gol urolmagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Fayzullaevning narxi ko‘tarilib ketadi!
Fayzullaev katta gapirib yubordi!
Fikrlar