
Fayzullaev Osiyoning eng zo‘r yosh futbolchisi bo‘lgani xorijda qanday baholanmoqda?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va TsSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi, ded topildi.
Xalqaro federatsiya AFC Annual Awards laureatlarini e’lon qildi.
21 yoshli Abbosbek Fayzullaev o‘z nominatsiyasining yakuniy bosqichida Yaponiyaning “Kimamura” klubi hujumchisi Gaku Navata (Yaponiya) va Angliyaning “Stok Siti” jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Bae Jun Xo (Janubiy Koreya) kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, sovringa munosib topildi.
Sports.uz portali taniqli mutaxassislar Fayzullaevning qit’a miqyosidagi bu yutug‘iga qanday munosabat bildirganini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola qiladi.
Aleksandr Grishin, TsSKA sobiq futbolchisi:
Fayzullaevni Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrini bilan tabriklash mumkin. Chunki bu sovrinni shunchaki berishmaydi.
Nafaqat sportchi, balki har qanday inson uchun ham bunaqa sovrinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Sovrin – qilingan mehnatlar bahosi. Bunga javoban Abbos yanada tez o‘sadi, kengroq taniladi. Bu futbolchi va klub uchun yaxshi.
Bizning jamoamizda shunaqa futbolchi paydo bo‘lgani quvonarli. TsSKAdan xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritadigan futbolchi chiqmaganiga ancha bo‘lgandi.
Dmitriy An, Abbosbek Fayzullaevning birinchi murabbiyi:
Shogirdimning yutug‘idan quvonch va faxr tuydim. Abbos Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgani zo‘r bo‘ldi. U bilan qo‘ng‘iroqlashsam, erilishgan muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qolmaslikni tayinlayman va bu faoliyatining boshlanishi ekanini aytaman.
Kelajakda u kattalar o‘rtasida ham Osiyoning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘la oladi. Eng muhimi, o‘sishda davom etish, mehnat qilish va hech qachon to‘xtab qolmaslik.
Valeriy Nepomnyashchiy, taniqli futbol murabbiyi:
Mutlaqo adolatli qaror. Abbosbek yosh bo‘lishiga qaramay, anchadan beri jiddiy darajada o‘ynayapti.
TsSKAdan tashqari O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham muvaffaqiyatli to‘p tepib kelmoqda.Kelajakda yanada kuchli chempionatlarda o‘ynashiga ishonchim komil. TsSKAdan keyin Evropaning top-klublariga o‘tish imkoni bor.
Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilning avgustida TsSKA sharafini himoya qilib kelmoqda. 21 yoshli universal futbolchimiz legionerga aylanganidan beri transfer summasi bir necha baravar oshib, bugungi kunda 6 million evroga etdi.
Ayni paytda Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylangan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 21 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.
“Nyukasl” Husanovni olishga tayyor, faqat...
“Jasur, bunaqasi ketmaydi! Yo professional bo‘lib ishingni qil, yoki boshqa jamoa top!”
Xorijlik murabbiy: Yaxshiboev masjiddan keliboq, gol urib bergandi...
Fayzullaev katta gapirib yubordi!
Fikrlar