Fayzullaev TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi!

  • 4 fevral, 2024, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbol jamoatchiligi Abbosbek Fayzullaevning Evropa klublariga yo‘l olish imkoniyatlarini muhokama qilishni davom ettirmoqda.

Tecno

UZB_IRQ_SPUZ-33

Bunga 20 yoshli futbolchining Qatardagi Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasining etakchisiga aylangani, juda faol va samarali o‘yin ko‘rsatayotgani, ikkita o‘yinda gol urib, g‘alabani ta’minlagani sabab bo‘lmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik ekspertlarning Abbosbek Fayzullaev haqidagi fikr-mulohazalarini havola etadi.

Yuriy Belous, futbol eksperti:

Abbos juda yaxshi o‘ynayapti va o‘z harakatlari bilan xursand qilyapti. U hali yosh o‘yinchi. Men unga bir-ikki yil TsSKAda qolishni maslahat bergan bo‘lardim.

O‘ylashimcha, Abbos TsSKAda ham amaldagi shartomasi tugashini kutmasidan maoshini oshirtirib olsa bo‘ladi.

Shundan keyin boshqa ligalarga o‘tish variantini ko‘rish mumkin. Masalan, Turkiyaga borsa bo‘ladi. U erda Fayzullaev legioner hisoblanmaydi.

Aleksandr Bubnov, sobiq futbolchi:

Mroskvaning “Spartak” jamoasi Niderlandiyaning “Tvente” klubidan Manfred Ugaldeni oldi. Bu transferning katta summaga tushganini va bu futbolchiga Rossiya futboligi moslashish oson kechmasligini muhokama qilishyapti.

Rossiyada futbol Niderlandiyaga qaraganda shiddatliroq va qattiqroq. Ugaldeni TsSKAning yangi o‘yinchisi Abbosbek Fayzullaev bilan solishtirish mumkin. O‘zbekistonda ham futbolni Rossiyachalik shiddatli o‘ynashmaydi. Lekin Fayzullaev bizning futbolga moslasha oldi, o‘z jamoasining etakchilaridan biriga aylandi.

Andrey Sozin, Rossiya futbol ittifoqi Etika qo‘mitasi sobiq a’zosi:

Ayni paytda TsSKAda chiqish transferi uchun birinchi nomzod – Abbosbek Fayzullaev. Kuzda Rossiya Premer-ligasida zo‘r o‘ynagani haqida gapirib o‘tirishning hojati yo‘q.

Bu yigit hozir Osiyo kubogida haqiqatan zo‘r o‘yin ko‘rsatyapti. U O‘zbekiston terma jamoasini yuqoriga tortyapti, ikkita gol urdi, yosh bo‘lishiga qaramay, terma jamoaning etachisiga aylandi.

Hozir Abbosbek xalqaro maydonda nom qozonmoqda.

Osiyo kubogidagi bunaqa o‘yin bilan Fayzullaev skautlar e’tiborini o‘ziga qaratmoqda va TsSKAda uzoq qolmaydi – Evropaga ketadi.

20240130_1706619780-569

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. Hamyurtlarimiz guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tganidan keyin nimchorak finalda Tailand terma jamoasi ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi.

Endi Srechko Katanets shogirdlari yarim final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan bellashuvda musobaqa mezbonlari – Qatar bilan kuch sinashadi. O‘yin 3 fevralga belgilangan.

Aniq chorlov bor: Fayzullaevga Evropaga ketish yo‘lini o‘rgatishdi!

Markaziy Osiyoda Eldor Shomurodov darajasidagi futbolchi yo‘q!

Irismetov Rossiya klublariga O‘zbekiston va Tojikistondan o‘yinchi tanlab berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
02/02/2024 09:07
Тезрок кетсин уша милатчи руслардан, Испанияга борсин