Fazliddin G‘oibnazarovning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 26.10.2020 16:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rio Olimpiadasi chempioni, professional boksda faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. 

Bokschining murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning bizga ma’lum qilishicha, "Fayzi" 5 dekabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida ringga ko‘tariladi. Unga mezbon Igor Adleyba raqiblik qiladi. Adleyba professional boksda 11 marotaba jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora durang qayd etgan. Fazliddin esa 8-1 natijani qayd etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz so‘nggi jangini Vladislav Baranovga qarshi o‘tkazib, nokaut bilan g‘alabaga erishgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!