
Federer baribir Nadaldan zo‘r ekan
AQShning Mayami shahrida "Msters" turkumiga kiruvchi "Miami Open - 2017" xalqaro turnir finalida ikki azaliy raqib - shveytsariyalik Rojer Federer va ispaniyalik Rafael Nadal o‘zaro to‘qnash keldi.
Hal qiluvchi bellashuv bir soatu 35 daqiqa davom etdi va unda 35 yoshli Federer o‘zidan besh yosh kichik bo‘lgan Nadalni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mayamidagi bu uchrashuv har ikki tennischisi uchun o‘zaro 23-final sifatida qayd etildi. Joriy mavsumda esa Nadal Avstraliya ochiq chempionatining so‘nggi bahsida Federerga imkoniyatni boy bergandi.
Mayamida Nadal revansh ola bilmadi va Federer faoliyatidagi 91-sovrinini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar