Fedunni ko‘ndirishdi. "Spartak" RPLda qoladi

  • 10 avgust, 2020, 16:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Spartak" klubi xo‘jayini Leonid Fedun kecha "Sochi"ga (2:2) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda hakam tomonidan qilingan adolatsizliklardan so‘ng jamoasi ortiq Rossiya premer-ligasida ishtirok etmasligini bildirgandi. 

Tecno

Ammo kecha tunda Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Aleksandr Dyukov bu borada Fedun bilan qo‘ng‘iroqlashgan va uni o‘z qaroridan qaytarishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda RBK xabar tarqatmoqda.

Bundan avvalroq esa, o‘yinni boshqargan Vasiliy Kazartsev hakamlikdan chetlatilgani haqida xabar berilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!