Feliks: "Atletiko" va klubdagilar bilan hech qanday muammomiz yo‘q"

  • 4 dekabr, 2023, 13:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Barselona" jamoasi La Liga doirasida Madridning "Atletiko"si bilan kuch sinashdi. Mazkur bahs kichik 1:0 hisobida "ko‘k-anorranglilar" g‘alabasi bilan tugadi. 

Tecno

Uchrashuvdan so‘ng kataloniyaliklar futbolchisi va bellashuvdagi yagona gol muallifi Joau Feliks o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Ular men haqimda har hafta gapirib yurishadi. Lekin men bunga e’tibor bermayman. Doimo diqqat markazida ekanimni his qilib turaman, xolos. 

Hozir yaxshi futbolchi bo‘lish ustida ishlayapman. "Barselona"da meni yaxshi qabul qilgan klub va jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. 

"Atletiko"dagi deyarli barcha sobiq jamoadoshlarim bilan yaxshi munosabatdaman. Ular bilan hech qanday muammo yo‘q. Lekin kecha Simeone bilan uchrashishga ulgurmadim", - dedi portugaliyalik futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!