
Feliks: "Orzuim "Barsa"da o‘ynash"
"Atletiko" vakili Joau Feliks kelajagi haqda gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vinger "Atletiko"ni tark etishni istaydi.
"Men "Barsa"da o‘ynashni istayman. Buni bolalikdan orzu qilib kelganman. Agarda bu sodir bo‘lsa, orzuim amalga oshgan bo‘ladi", - dedi Feliks.
Madrid klubi unga baland narx qo‘yganligi sababli klublar 23 yoshli futbolchini sotib olishdan bosh tortmoqda. Ayrim jamoalar uni ijaraga olishga urinyapti.
Ma’lumot uchun, Joauning "Atletiko" bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Unga tegishli bo‘lgan 7-raqam ham ayni dam Antuan Grizmannga berib yuborildi.
Fikrlar