
Felish "Atletiko"ga qaytmaydi(mi?)
Hozirda "Chelsi" safida to‘p tepayotgan "Atletiko" vakili Joau Felish Madridga qaytmoqchi emas. U "matraschilar" rahbariyatiga Londonda baxtli ekanini ma’lum qilgan.
Felish ayni payt ijara asosida APLda harakat qilmoqda. Unga Angliya futboli yoqib qolgan va endi futbolchi Ispaniyaga qaytish haqida o‘ylamayapti.
Eslatib o‘tamiz, kelishuvga ko‘ra Joau mavsum so‘ngida "Atletiko"ga qaytishi kerak.
Fikrlar