"Fenerbaxche" futbolchisi "Napoli"ga o‘tadigan bo‘ldi
Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi o‘zining makedoniyalik yarim himoyachisi Elif Elmasning "Napoli"ga ko‘chib o‘tganini rasman tasdiqladi.
Ayrim manbaalarning yozishicha 19 yoshli futbolchining transferi A Seriya grandiga 15 mln evroga tushgan. Aytish kerakki, Elmas tez orada “Napoli”da tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng rasman shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Elif Elmas “Fenerbaxche” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 47ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol g‘amla 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Shimoliy Makedoniya terma jamoasi tarkibida esa 12ta o‘yin o‘tkazib, 2ta gol urishga erishgan.



Fikrlar