Ferdinand Ronaldu haqida: Bu qariya bir mavsum 20-25 ta golni kafolatlaydi

  • 05.08.2022 23:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted"ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinandning fikricha, klub hujumchi Krishtianu Ronalduga munosib o‘rinbosar topa olmaydi.

“Odamlar Ronalduni qo‘yib yuborish kerak deyishadi... Xo‘sh, avval 24-25 gol ura oladigan futbolchini topdingizmi? Ketishni iltimos qilsa ham, qo‘yib yubormaslik kerak. Bu noto‘g‘ri deb o‘ylamayman.

Buni aytish juda oson: "Ronaldudan qutulish kerak, uning atrofida futbol qurib bo‘lmaydi", kabi fikrlar noto‘g‘ri. U klub xohlaganidan ko‘ra ko‘proq narsani bera olishi mumkin. Bu qariya bir mavsum uchun 20-25 ta golni kafolatlaydi. Buni unutmaslik kerak”, - deya Ferdinandning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “William Hill” nashri.

O‘tgan mavsumda Ronaldu “Manchester Yunayted”ning barcha musobaqalar doirasidagi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 24 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!