Fernandesh Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida: "U menga hammasini tushuntirdi"

  • 21 iyul, 2022, 00:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. 

Hujumchi jamoaning mavsumoldi mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi va Chempionlar ligasida o‘ynovchi klub safiga o‘tish haqida bosh qotirmoqda. 

"Ronaldu klub va murabbiyga nima deganini bilmayman. Ochig‘i, unda qanday muammo borligi menga qorong‘u. U ketishni istaydimi? Bu haqda undan so‘raganim yo‘q. 

O‘tgan mavsumda Krishtianu bizning eng yaxshi to‘purarimiz bo‘ldi. Uning gollari jamoaga katta yordam berdi. Biroq hozirgi vaziyatga mening hech qanday aloqam yo‘q. Qarorlarni klub va Ronaldu qabul qilishi lozim. 

Bilganimizdek, unda oilaviy muammolar bor. Biz uning shaxsiy hayotini hurmat qilamiz. Ronalduni bezovta qilmang. Men undan faqat oilasi haqida so‘radim. Krishtianu menga hammasini tushuntirdi. Bor gap shu. 

Aralashishni istamayman. Har bir insonning qarorini hurmat qilish kerak", - dedi MYu xavbeki. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!