Ferran Torres kelajagi haqida gapirdi

  • 30 iyun, 2023, 18:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi paytlarda "Barselona" hujumchisi Ferran Torresning Angliya premer-ligasi klublari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq, 23 yoshli futbolchi o‘zi aytganidek, hech qayoqqa ketmoqchi emas.

"Men "Barsa"da juda baxtiyorman va men bu klubda o‘ynashda davom etishni rejalashtiryapman", deya Torresning gaplarini keltiradi nufuzli insayder Fabritsio Romano.

Ferran Torres 2022 yil boshidan buyon "Barselona"da o‘ynamoqda. O‘shandan beri hujumchi 71 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!