Fevzi Davletov: "Yigitlar "Paxtakor"ni engishni juda ham xohlashdi"

  • 23 avgust, 2024, 01:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Surxon" jamoasi Superliga 14-turi doirasida "Paxtakor" mehmoni bo‘ldi va minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

 - Biz o‘yinning qadri va darajasini yaxshi bilar edik. Mehmondagi bahsda katta kuch yo‘qotganimiz sababli ruhan va jismonan tiklanib olishimiz kerak edi. Bu bellashuvda ham katta kuch sarfladik. Ayrim epizodlarni hisobga olmasa, ko‘p vaqtni pozitsion himoyada o‘tkazdik. Gol urdik, ammo qarshi hujumlarda yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda jarima maydonimizga chekindik, hisobni saqlab qoldik. Yigitlarni va jamoamiz ishqibozlarini g‘alaba bilan tabriklayman. 

- O‘yin sizga qulay bo‘lgan stsenariy ostida kechdi?!

- Fikringizga qo‘shilaman. Jismoniy toliqish bor edi.

- Mo‘’jiza - posbonni qaerda topdingiz? U bugungi mavsumdagi ilk o‘yinini o‘tkazdi...

- Davron Merganov "Surxon" futboli tarbiyalanuvchisi. O‘ylashimcha, uning vaqti keldi. Ajoyib uchrashuv o‘tkazdi. Yo‘ldoshev jarohat olgan edi. 

- "Paxtakor" doim brend. Bugun jismoniy va ruhiy tomondan kuchli raqibga jamoani yaxshi tayyorlagan ekansiz. Buning siri nimada?

- Menimcha, ortiqcha tayyorgarlik ko‘rishning xojati yo‘q. Yigitlar "Paxtakor"ni engishni juda ham xohlashdi va buni uddalashdi. Abdusalomovni bugun o‘yinda ishtirok etishi 50/50 edi. U o‘z o‘yini bilan lider ekanligini ta’kidlagan bo‘lar edim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!