
FIFA 3 ta jahon chempionatining yangi sanalarini e’lon qildi
FIFA kengashi bu yil o‘tkazilishi kerak bo‘lgan 3 ta musobaqaning yangi sanalarini tasdiqladi.
Unga ko‘ra, futzal bo‘yicha jahon chempionati 2021 yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada o‘tkaziladi. Aslida bu musobaqa joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o‘tkazilishi kerak edi.
2020 yilning avgust-sentyabr oylariga rejalashtirilgan U20 ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati 2021 yilning 20 yanvaridan 6 fevraligacha Kosta-Rika va Panamada bo‘lib o‘tadi.
U17 ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati esa 2020 yilning noyabridan 2021 yilning 17 fevralidan 7 martigacha ko‘chirildi. Ushbu turnirga Hindiston mezbonlik qiladi.
Fikrlar