FIFA futbolda yana bir o‘zgarish qiladi
FIFA 2020 yilning yozidan boshlab kuchga kiradigan futbolchilarni ijaraga berish bo‘yicha yangi qoidalarni tayyorlamoqda.
Transfermarkt nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klublar endi 6 tadan ko‘p futbolchi ijaraga olisholmaydi. Bundan tashqari 2 ta klub o‘zaro 3 tadan ortiq ijara shartnomasi tuzisholmaydi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu qoida 22 yosh va undan yuqori yoshdagi futbolchilar uchun amal qiladi.

Fikrlar