FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini bu yil o‘tkazmaslikka qaror qildi

  • 17.11.2020 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Koronavirus pandemiyasi FIFA taqvimini o‘zgartirib yubordi va yana bir musobaqaning o‘tkazilish sanasi keyinroqqa qoldirildi.

Aniqrog‘i, FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini odatdagidek dekabrda emas, 2021 yilning fevralida o‘tkazishga qaror qildi. Ammo musobaqa mezboni o‘zgarishsiz qoldi. O‘yinlar avval belgilanganidek Qatarda o‘tkaziladi.

Aytish lozimki, FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 20 yildan buyon o‘tkazib kelmoqda. Musobaqaning amaldagi g‘olibi “Liverpul” hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!