FIFA o‘z byudjetini qisqartirdi
FIFA 2019-2022 yillar uchun mo‘ljallangan byudjetda o‘zgarishlar bo‘lganini ma’lum qildi.
Xalqaro futbol federatsiyasining ushbu davrdagi byudjeti 6,56 milliard dollardan 6,44 milliard dollarga qisqartirildi.
Tashkilot byudjetini qayta ko‘rib chiqish koronavirus pandemiyasining oqibatlari, xususan, xalqaro o‘yinlar taqvimining o‘zgartirilishi, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining keyinga qoldirilishi va Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazishni rad etish bilan bog‘liq.
FIFA 2019-2022 yillar mobaynida 6,34 milliard dollar sarflaydi. Tashkilot ushub tsikl oxirida soliqdan oldin 100 million dollar foyda olishni kutmoqda.

Fikrlar