
Finalda "Paxtakor"ga yordam bera olmaydigan Dragan Cheran jamoasining qanday hisobda yutishini aytdi
Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi kimga nasib qiladi? “Paxtakor” yoki “Nasaf”?! Ammo ikki klubda ham yo‘qotish borligini bilasiz.
“Paxtakor” hujumchisi va to‘purari Dragan Cheran finaldek muhim uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. U O‘zbekiston Kubogi yarim finalida “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinning 21-daqiqasida qizil kartochka tufayli maydonni tark etgandi. Cheran final oldidan Sports.uzga “Paxtakor”ning qanday hisobda g‘alaba qozonishini aytdi.
“Albatta, finalda “Paxtakor” yutadi. O‘ylashimcha, biz 2:0 hisobida g‘alaba qozonamiz. Ha, men finalda maydonga tusha olmayman. Ammo futbol jamoaviy o‘yin. Jamoadoshlarim maydonda mening yo‘qligimni bilintirmaydilar. “Nasaf”ga kelsak, bu O‘zbekistondagi eng yaxshi murabbiy boshchiligidagi ajoyib jamoa”.
Fikrlar