
Firmino uchun kurashda A Seriyaning yana bir grandi qo‘shildi
"Liverpul" hujumchisi Roberto Firminoga Italiyaning "Napoli" klubiga qiziqish bildirmoqda.
31 yoshli futbolchi mavsum yakunida, ya’ni shartnomasi tugagach, «Liverpul»ni tark etishga qaror qilgan. Mish-mishlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga turli chempionatlardan ko‘plab takliflar bor. The Sun nashrining yozishicha, "Napoli" Firmino uchun kurashda yangi favorit sifatida tilga olinmoqda. Neapolliklar Firminoni Luchano Spalettining taktik sxemalariga mukammal mos tushadigan, shuningdek, muhim tajribaga ega futbolchi deb bilishadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Firminoga A Seriyaning boshqa bir klubi – “Inter” jiddiy qiziqish bildirayotgani va tomonlar muzokaralar jarayonida ekani aytilgan edi.
Roberto Firmino joriy mavsum “Liverpul” safida 29 ta o‘yinda 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar