
Flik Kundedan hayratda ekanini aytdi
«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa futbolchisi Jyul Kunde haqida gapirdi. Mutaxassisning fikricha frantsiyalik himoyachi o‘zini juda ham professional tutadi.
-Men bunday holatga oldin uchramaganman. Kunde hatto o‘yindan keyin ham mashg‘ulotlar o‘tkazgisi keladi. Bu juda g‘alati. Men yigitlarga dam olib, tiklanish kerak deb gapirsam, Jyul maydonda shug‘ullanmoqchi ekanini aytadi. U haqiqiy professionallardek o‘z jismoniy holatini nazorat qiladi. Bunday o‘yinchilarni uchratish qiyin,- dedi germaniyalik mutaxassis.
«Barsa»ning keying o‘yini La Liga doirasida 28 sentyabr kuni «Osasuna»ga qarshi bo‘ladi.
Fikrlar