Flik Levandovski o‘rniga uchta yulduzni tanladi

  • 25.07.2025 07:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning keyingi yillardagi eng zo‘r to‘purari Robert Levandovskining yoshi o‘tib qolayotgani bois, kataloniyaliklar boshqa forvard qidiryapti.

 Bosh murabbiy Xans-Diter Flik klub xo‘jayini Joan Laportaga polshalik o‘yinchi o‘rniga yuqori saviyadagi hujumchi olish ehtiyoji borligini aytdi.

Kataloniyaliklar 2026 yilning yoziga mo‘ljallangan transferga hozirdan tayyorgarlik ko‘rmoqchi. Nemis  murabbiyi bu pozitsiyaga uchta superyulduzni munosib ko‘rayotgani ma’lum bo‘ldi.

FICHAJES.NET  nashriga ko‘ra, Flik Levandovski o‘rnini Erling Xoland, Xulian Alvares yoki Aleksandr Isaakdan biri egallashini istayapti. Kataloniyaliklar bu markaziy hujumchilar Xans-Diter Flik qo‘llayotgan o‘yin uslubiga juda mos tushadi, degan xulosani o‘rtaga tashladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Joan Laporta anchadan beri olishni orzu qilayotgan to‘purar Erling Xolanddir. Biroq norvegiyalik hujumchini olish oson bo‘lmaydi. Xoland “Manchester Siti” bilan 2033 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega va o‘ta katta maosh talab qiladigan o‘yinchilar qatoriga kiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!