Flik Levandovski va Baldening holati haqida gapirdi

  • 2 may, 19:31
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real Valyadolid"ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jarohat olgan futbolchilarning holati haqida gapirdi.

Murabbiyning ma’lum qilishicha, Robert Levandovski EChL doirasida "Inter"ga qarshi yarim finalning javob o‘yinida asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda. Biroq, himoyachi Aleks Baldening safga qaytish muddati cho‘zilishi mumkin.

- Ular tiklanishini davom ettirmoqda, lekin hali kutishimiz kerak. Qaytishga qanchalik yaqin ekanlarini bilmayman. Ularni yana yo‘qotishga haqqimiz yo‘q, sababi mavsum oxirida bizga kerak bo‘lishadi, - dedi germaniyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!