
Flik: "Men hech qachon bunday holatga tushmaganman"
"Barselona" Chempionlar ligasi 7-turida "Benfika"da ustidan kambek evaziga g‘alaba qozondi. Shu bilan birga, klub muddatidan oldin nimchorak finalga yo‘l oldi. O‘yindan keyin jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘z fikrlari bigan o‘rtoqlashdi.
"Benfika" ajoyib jamoa. Ikkinchi bo‘limda biz ancha yaxshiroq o‘ynadik. O‘zgarishlar qaytishimiz uchun yordam berdi. Men hech qachon bunday holatga tushmaganman. Bizni mentalitet qutqarib qoldi. Xatolar? Har bir o‘yinchi xato qiladi. Ba’zida yutqazamiz, ba’zida yutamiz. Menga ikkinchi bo‘lim yoqdi", - dedm germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Barsa"ni oldinda "Valensiya"ga qarshi bahs kutib turibdi. Shundan keyin jamoa EChL so‘nggi turida "Atalanta" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar