
Flik "Real" bilan Chempionlar Ligasi finalida o‘ynash istagi bor-yo‘qligiga javob berdi
"Real" va "Barselona" Chempionlar Ligasi turnirining qarama-qarshi tomonlariga tushishdi. Bu shuni anglatadiki, Ispaniya futbolining ikki grandi faqat finalda o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida "Real"ga qarshi finalda o‘ynashni xohlaysizmi?" degan savolga javob berdi.
"Avvalo, finalga etib borishimiz kerak. Bu bizning maqsadimiz. U erga etib borish uchun esa uzoq yo‘lni bosib o‘tish lozim. Dastlab juda kuchli jamoa bo‘lgan "Benfika"ni musobaqadan chiqarib tashlashimiz kerak", – dedi Flik jurnalistlarga.
"Barselona" o‘zining navbatdagi uchrashuvini 22-fevral kuni La Liga doirasida "Las-Palmas"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar