Floyd Meyvezer jang qiladimi? U Tokioga yo‘l olmoqda

  • 9 iyul, 2020, 22:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Besh divizion sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer bu yil Yaponiya poytaxti Tokioda “Rizin” promousheni tomonidan tashkil qilinadigan turnirda  ringga ko‘tarilishi mumkinligini aytdi.

Tecno

“Tez orada o‘z samolyotimga o‘tirib, sheriklarim hamrohligida “Rizin” mutasaddilari bilan uchrashish uchun Yaponiyaning Tokio shahriga uchib ketaman. Biz 2020 yil uchun biror ishni muhokama qilamiz", - dedi Meyvezer.

Amerikalik charmqo‘lqop ustasi 2018 yil 31 may kuni Tokio shahrida Tensin Natsukavaga qarshi ko‘rgazmali jangda ringga ko‘tarilib, birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!