
FOTO. Jaloliddin Masharipov eng yaxshilar qatorida!
Saudiya Arabistoni chempionatining 6-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
Bilasiz, Saudiya chempionatida legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qiladi. Ushbu turda "Al-Nassr" o‘z maydonida "Al-Batin"ni qabul qilib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Hamyurtimiz boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘ynadi.
90 daqiqa faol harakatlari bilan ajralib turgan Jaloliddin tur ramziy termasidan joy oldi.
Fikrlar