
FR: MYu uchun eng noqulay ispan klubi qaysi?
Evropa Ligasida ham chorak finalning dastlabki o‘yinlari ortda qoldi. O‘z maydonida "Sevilya"ni mehmon qilgan "Manchester Yunayted" tarixda ilk bor andalusiyaliklarni mag‘lub qilishga juda yaqin keldi. Lekin qatorasiga 4-o‘yinda ham bu vazifa uddalanmadi.
Mavzuni davom ettirgan holda "qizil iblislar"ning ispan klublariga qarshi umumiy statistikasini keltiramiz. MYu bugun 73-bor La Liga vakiliga qarshi maydonga chiqib, 26-durangini rasmiylashtirdi. Qolgan o‘yinlarning 22tasi "Yunayted", 25tasi raqiblar foydasiga hal bo‘lgan.
Manchesterliklar eng ko‘p to‘qnash kelgan ispan jamoasi "Barselona" hisoblanadi (15). Ayni paytda MYuni eng ko‘p yutgan (6) va yutqazgan (4) ispan tamsilchisi ham aynan "Barsa"dir. Ushbu klublar o‘rtasidagi so‘nggi o‘yin fevral oyida o‘tkazilgan, unda "mankunyalar" Fred va Antonining gollari evaziga "kambek" qilishgan edi.
MYu "Barselona"dan tashqari La Liganing 11 klubi bilan turli davrlarda to‘qnashgan bo‘lib, eng yomon statistikani "Atletiko" va bugungi raqib — "Sevilya"ga qarshi qayd etyapti (2tadan durang va mag‘lubiyat).
"Manchester Yunayted" ispanlarga qarshi eng yirik mag‘lubiyatini 2021 yil "Real Sosedad" maydonida qo‘lga kiritgan edi. Eng og‘ir mag‘lubiyat ham xuddi shunday hisobda "Barselona"dan qabul qilib olingan.
Pireney yarim oroli vakillariga qarshi o‘tgan eng g‘alati o‘yinlardan biri Evropa Ligasining 2021 yilgi finaliga to‘g‘ri kelgan edi. O‘shanda "Vilyarreal" bilan to‘qnashgan "qizil iblislar" penaltilar seriyasida 11:10 hisobida yutqazishgan edi.
Faxriddin Ro‘ziev
Fikrlar