
FR: To‘xtasinov bilan Nasibullaev nega ko‘rinmayapti?
Coca-Cola Superliganing 2-turida ishlaydigan hakamlar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ochilish bahslarini boshqargan referilar yana maydonga chiqishlarini (faqat Lutfullin va Shukurullaev joy almashgan) o‘qib tabiiy savol paydo bo‘ldi: Nega Temur To‘xtasinov hamda Shavkat Nasibullaev singari tajribali hakamlar ko‘rinmay qolishdi?
Bunga javob topish maqsadida O‘zFHM bilan bog‘landik. Markaz direktori Laziz Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, bu holat mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bilan bog‘liq. Sinovlarda o‘zini yaxshi ko‘rsata olmagan referilar chempionat startini diskvalifikatsiya bilan boshlashdi. Jumladan, Shavkat Nasibullaev Superliganing 2ta turini o‘tkazib yuborsa, Temur To‘xtasinov bilan OFK kubogida ishtirok etayotgan Ahrol Risqullaev 3-turdan keyingina qaytishlari mumkin ekan. Shuningdek, bu chetlatish Pro liga bahslariga dahl qilmasligi alohida ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Shavkat Nasibullaev Superliganing o‘tgan mavsumida 15ta uchrashuvni boshqargan edi. Andijonlik Temur To‘xtasinov 12, FIFA referisi Ahrol Risqullaev esa 14 o‘yinda ishlagan.
Faxriddin Ro‘ziev
Fikrlar