
Frantsiya Avstraliyani qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi
Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati 1-turi doirasidagi Frantsiya - Avstraliya uchrashuv yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda "uch ranglilar" qiyinchiliksiz 3 ochkoni rasmiylashtirishdi - 4:1.
O‘yindagi hisob "kengrular" tomonidan ochildi. Bahsning 9-daqiqasida Kreyg Gudvin gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo 27-daqiqada Adrien Rabo to‘p kiritib, oradagi muvozanatni tikladi. Biroz vaqt o‘tib, aniqrog‘i 32-daqiqada Olive Jiru jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va tabloni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Dastlabki taymning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar boy bo‘ldi, ammo birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
Ikkinchi taym ham Frantsiyaning ustunligi ostida boshlandi. Ushbu ustunlik 68-daqiqaga kelib hisobda ham o‘z aksini topdi. Kilian Mbappe bosh bilan to‘p kiritib, jamoasining musobaqadagi uchinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Jiru o‘zining dublini nishonladi va hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Mazkur natija o‘yin oxirigacha o‘zgarmadi va Frantsiya 1-turda o‘z hisobiga qiyinchiliksiz 3 ochkoni yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar