
Frantsiya hududida "Atalanta" ishtirokidagi o‘yinlarni namoyish etish taqiqlandi
BeIN Sports telekompaniyasi “Atalanta” ishtirokidagi o‘yinlarni hozircha Frantsiyada ko‘rsatilmasligini e’lon qildi. Bunga mamlakat qtisodiyot, moliya va sanoat vazirligining yangi taqiqi sabab bo‘ldi.
Taqiq “Atalanta”ning titul homiysi Kiprda joylashgan Plus 500 savdo platformasi ekanligi bilan bog‘liq. Chunki Bergamo klubi homiysi Frantsiyada "xavfli moliyaviy shartnomalar bilan bog‘liq investitsiya xizmatlarini" taklif qiladi, deb ishoniladi.
Aytish joizki, BeIN Sports “Atalanta” o‘yinlari Frantsiyada yana namoyish etilishi uchun echim topishga harakat qilmoqchi.
“Atalanta” ayni damda A Seriya turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar