
Frantsiya sport vaziri Zidandan uzr so‘radi
Frantsiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grening Zidan haqida aytgan gaplariga e’tiroz bildirdi.
Avvalroq Le Gre Zinedin Zidan nomiga qo‘pol so‘zlar ishlatgandi. Siyosatchi Ameli Zidanga nisbatan bunday so‘zlarni o‘rinsiz deb hisoblaydi.
"Bu uyatli bayonotlardan boshqa hech narsa emas. Haqorat qilishlariga jimgina qarab turmaslik kerak. Noelning aytgan gaplari nafaqat bir futbol afsonasi, balki butun sport turlariga qarshi qaratilganini anglash qiyin emas.
Sport federatsiyasi prezidenti bo‘la turib bunday gapirmaslik kerak. Men uning uchun Zidandan uzr so‘rayman", - deya tushuntirdi Frantsiya vaziri. Qizig‘i shundaki, Zidanga nisbatan qo‘pollik aks etgan video to‘qqiz soat ichida ijtimoiy tarmoqlarda o‘n ikki million marta ko‘rilgan.
Fikrlar