
Frantsiya terma jamoasi ustozi Shveytsariyaga qarshi o‘yindan oldin nimalar dedi?
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Shveytsariyaga qarshi bo‘ladigan 1/8 final uchrashuvidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz ularni mensimasligimiz kerak emas. Bu pley-off o‘yini, biz uchrashuv so‘nggida yangraydigan hushtakdan keyin tabassum qilishimiz uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilishimiz kerak.
Ular Seferovich, Embolo, Shakiri kabi futbolchilar evaziga o‘z o‘yinlarini mukammal tashkil etishmoqda. Shveytsariya ajoyib hujum salohiyatiga ega”, - dedi Desham.
Frantsiya va Shveytsariya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. O‘yin Buxarest shahrida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar