Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi: Kelasi yil Olimpiada, men esa qo‘rqyapman...

  • 30 oktabr, 2023, 13:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubining sobiq futbolchisi Jan-Mishel Larke "Marsel" muxlislari ichida "Lion" futbolchilari va murabbiylar shtabi bo‘lgan avtobusga hujum qilgani haqida o‘z fikrini bildirdi.

“Sevimli Frantsiyamizda biz murabbiy xavfsizligini ta’minlay olmayapmiz. Bir yildan keyin esa 12 kilometr uzunlikda Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimi bo‘ladi. Qo‘rqyapman. Men endi bu mamlakatni tushunmayapman, nima bo‘layotganidan umidsizlikka tushdmoqdaman.

Asfalt bo‘ladimi yoki pivo idishi, farqi yo‘q. Muhimi, bugun hech kim xavfsiz emas, hatto avtobus ham. Men hatto konvoy haqida ham gapirmayapman, shaharlararo avtobus haqida gapiryapman. Biz hatto shuni ham uddalay olmaymiz. Shu bilan birga, muxlislar erkin harakatlana olishi mumkinligi aytilmoqda. Ammo biz dunyoni shunchaki masxara qilyapmiz”, - deya Larke so‘zlarini keltiradi RMC Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Marsel” – “Lion” uchrashuvi boshlanishiga oz vaqt qolganida mezbon jamoa muxlislari mehmon klub avtobusiga tosh otgani sababli bekor qilingandi. Natijada, "Lion" bosh murabbiyi Fabio Grosso shisha bo‘laklaridan jiddiy jarohat olgan. Shunga o‘xshash voqea 2019 yilda ham sodir bo‘lgan - o‘shanda ham “Marsel” muxlislari “Lion” avtobusiga ham hujum qilishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!