Fred “Manchester Yunayted”ning sirini ochmadi

  • 19 yanvar, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya matbuoti “Manchester Yunayted”ning muvaffaqiyatsizligiga tarkibda guruhbozlik borligi, portugal tilida gaplashadiganlar inglizcha so‘zlashadiganlardan ajralib qolgani bilan izohladi.

Braziliyalik legioner Fred bunga javob qaytardi.

- Angliyada yolg‘on xabarlarni xush ko‘rishar ekan. Biz portugal tilida gaplashganimiz uchun muloqotni ham shu tilda qilamiz. Aleks Telles bilan juda yaqinman. Uni anchadan beri yaxshi bilaman va do‘stlashishimizda hech qanday yomon jihat yo‘q.

Lekin bu Lingard, Reshford, Grinvud, Maguayr va boshqa ingliz yigitlar bilan muloqot qilmaymiz, degani emas. Jamoamiz juda inoq. Lekin kovid tufayli to‘planib turli joylarga bora olmayapmiz, - dedi Fred.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!