
Fred: "Mish-mishlarga emas, qo‘llab-quvvatlashga muhtojmiz"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Fred yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, ayni paytda jamoa atrofida aytilayotgan mish-mishlarga barham berish kerak.
"Manchester Yunayted" - o‘ziga xos jamoa. Dunyodagi eng yirik klublardan biri.
Hozirda biz haqimizda hamma erda yozishmoqda. Har qadamda mish-mishlar paydo bo‘lmoqda. O‘ylashimcha, bunga chek qo‘yish kerak.
Bu holat kiyinish xonasidagi ayrim yigitlarga salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. To‘g‘ri, o‘tgan mavsum yaxshi natija qayd eta olmadik. Ammo hozir biz mish-mishlarga emas, qo‘llab-quvvatlashga muhtojmiz", - dedi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar