Frenki de Yong “Manchester Yunayted”ga o‘tmasligining bir qancha sabablarini keltirdi

  • 10 iyul, 2022, 13:32
  • 0
  • Futbol

Niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong Kataloniyaning “Barselona” klubini “Manchester Yunayted”ga almashtirishdan bosh tortdi, deb xabar beradi “Sport.es” nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, yarim himoyachi faoliyatini ingliz jamoasida davom ettirishni istamayapti. Gollandiyalik futbolchi "Old Trafford"ga o‘tmasligi uchun bir qancha sabablarni keltirgan.

Bular — “qizil iblislar”ning Evropa chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqa olmagani, Angliyaning ob-havosi, futbolchining turmush o‘rtog‘iga Kataloniyaning yoqishi va “Manchester Yunayted”ning ancha yillardan buyon echilmay kelayotgan muammolari.

Frenki 2019 yildan beri “ko‘k-anorranglilar” sharafini himoya qilib kelmoqda. Yarim himoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.

De Yong o‘tgan mavsumda “Barselona”ning barcha musobaqalar doirasidagii 32 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!