
Fridel: "Tottenxem" EChL chempioni bo‘lishi mumkin
"Tottenxem"ning sobiq darvozaboni Bred Fridel "shporlar"ning Chempionlar ligasida chempion bo‘lishini taxmin qildi.
"Ajoyib va fantastik o‘yin bo‘ldi. "Manchester Siti" o‘z maydonida to‘p surdi. "Tottenxem" esa bundan aslo cho‘chigani yo‘q. Ular xarakter ko‘rsatdi va yarim finalga haqli ravishda yo‘l oldi.
O‘ylashimcha, yarim finalda "Tottenxem"ga oson bo‘lmaydi. Biroq ular bu turnirda katta tajriba olishgan. Mening fikricha, klubda Chempionlar ligasida chempion bo‘lish uchun imkoniyat etarli", - deydi AQShlik sobiq darvozabon.
Fikrlar