Futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri Eldor Shomurodovni boshqarishi mumkin

  • 21 yanvar, 20:18
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Italiyaning "Roma" klubini boshqarishi mumkin, deb xabar bermoqda "DAZN" nashri. 
 
Manbaga ko‘ra, rimliklar Klaudio Ranerining ishidan biroz qoniqish hosil qilmayapti. Shu sababli, klub mutasaddilari yangi bosh murabbiy izlashni boshlab yuborgan. So‘nggi kunlarda "qaymoqranglilar"ni tark etishi mumkin bo‘lgan Karlo eng yaxshi variant sifatida ko‘rilmoqda. Agarda fursat tug‘ilishi bilanoq italiyalik murabbiy bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. 
 
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Anchelotti "qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, mutaxassis "Zaltsburg"ga qarshi bahsdan avval bu xabarlarni o‘rinsiz deb hisobladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
21/01/2025 22:49
мумкин? мен хам ркални бошкаришим мумкин, хар ким бошкариши мумкин!
тузукрок мавзу топа олмадинглар-ми?