Futbolchi Rahim 36 yoshida vafot etdi

  • 10.07.2020 21:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Singapur terma jamoasining sobiq futbolchisi Hafiz Rahim 36 yoshida hayotdan ko‘z  yumdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, u mototsiklni boshqarib ketayotganda avariyaga uchragan va voqea joyida halok bo‘lgan. Uning uch nafar farzandi bor edi.

Hafiz Rahim Singapurning bir necha klublari sharafini himoya qilgan. 2009 yili “Geyland Yunayted” tarkibida mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan. Besh yildan so‘ng “Uorriors” jamoasi safida Singapur chempioni bo‘lgan.

2011-2014 yillarda Singapur terma jamoasi tarkibida 9 ta o‘yinda qatnashgan Rahim bitta gol urgan edi.

photo_146951

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!