
Futbolchilar aytganimni qilmasa, ketaman!
“Barselona” mavsumni kutilganidan past darajada boshladi. Kataloniyaliklar Chempionlar ligasida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi, La Ligada beshta uchrashuvdan uchtasida ochko yo‘qotdi.
Keyingi paytda klub rahbariyati niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman o‘rniga boshqa murabbiy qidirayotgani haqida ko‘p xabarlar chiqmoqda.
Biroq, Kumanning o‘zi kelajagidan xavotirga tushayotgani yo‘q. U qaysi holatda iste’fo berishi mumkinligiga ochiqlik kiritdi.
- “Barselona”ni futbolchilar mening ko‘rsatmalarimni bajarishdan bosh tortsagina tark etaman. Hozir esa, hammasi joyida va yigitlar gapimga quloq tutyapti va meni yaxshi tushunyapti. Ular bilan mashg‘ulot o‘tkazilgan kun – eng ajoyib damlardir, - dedi Ronald Kuman.
Fikrlar