Futbolchilar: Levandovski yo‘qolsin!

  • 26.06.2022 13:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Athletic nashri “Bavariya” futbolchilariga jamoa etakchi to‘purari Robert Levandovskining o‘zini tutishi umuman yoqmayotgani haqida ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, jamoada muhit buzilgan. O‘yinchilar polshalik hujumchi shu yozning o‘zida jamoadan ketishi kerakligini talab qilmoqda.

“Bavariya” futbolchilariga Robertning maydonda xudbinlik qilishi va undan tashqarida ommaviy axborot vositalariga bildirayotgan fikrlar yoqmayapti.

Polsha terma jamoasi hujumchisining myunxenliklar bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Biroq Levandovski klub xo‘jayinlarining munosabatidan norozi va jamoani tezroq tark etmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!