Futbolchining narxi o‘zgarmaydi
“Napoli” rahbariyati koronavirus pandemiyasi ta’sirida kelib chiqqan iqtisodiy muammolarga qaramay, himoyachisi Kalidu Kulibalining transfer summasini tushirmaydi.
- Kalidu ajoyib futbolchi. Koronavirus muammosi uning narxiga ta’sir qilmaydi, - dedi klub sport direktori Kristiano Juntoli.
Ayni paytda himoyachiga APL klublari da’vogarlik qilmoqda. Yaqinda “Manchester Yunayted” Kulibali uchun 80 million evro taklif qilib, uni qo‘lga kirita olmadi. Senegallik charm to‘p ustasining shartnomasi yana ikki yil davom etadi.
Fikrlar