Futbolchining otasi Marina xonimni “shantaj” qilyapti
“Chelsi” rahbariyati mavsum oxiriga kelib, jiddiy muammoga duch keladi. Jamoaning asosiy himoyachilarining amaldagi shartnomasi yakunaladi. Antonio Ryudiger va Andreas Kristensenni yangi bitimga ko‘ndirish qiyin bo‘lmoqda. Ryudiger anchadan beri fantastik maosh talab qilyapti.
Kristensenning manfaatlarini himoya qilayotgan otasi Ryudigerning yo‘lidan borishga qaror qildi. U klubga Andreas kerak bo‘lsa, maoshini sezilarli darajada ko‘tarish lozimligini ta’kidlayapti.
Avvalroq, Andreas Kristensen “aristokratlar” bergan shartnomani ma’qullagan edi. Biroq ishga otasi aralashganidan keyin u bitimni imzolashni ortga sura boshladi.
Andreasning otasi klubdagi transferlarga mas’ul direktor Marina Granovskaya bilan uchrashib, agar u yangi shartnomada maoshni oshirmasa, o‘g‘lini yozda boshqa klubga olib ketish uchun qo‘lidan kelganini qilishini aytgan.
“Chelsi” mutasaddilari hali bu taklifga munosabat bildirgani yo‘q.

Fikrlar